Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Xitoyda 50 daraja sovuq. Qushlar tiriklay muzlay boshladi

Xitoyda 50 daraja sovuq. Qushlar tiriklay muzlay boshladi

Xitoy g‘arbidagi Shinjon muzofotida harorat Selsiy o‘lchamida minus 52,3 darajagacha tushib ketdi. Havo keskin sovishi oqibatida suv havzalarida qushlar muzlab qolyapti. Bu so‘nggi 64 yildagi eng past ko‘rsatkich, deb yozgan “Reuters” axborot agentligi.

Xorijiy OAV xabar berishicha, 1960 yil 21 yanvar kuni Fuyun okrugidagi Tuerxon shahrida -51,5 daraja qayd etilgan.

Xitoy transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, noqulay ob-havo sharoitida Ichki Mo‘g‘uliston, Shinjon, Lyaonin, Szilin va Xeylunszyan muzofotlarida yo‘llarning 43 foizi yopilgan. Milliy ob-havo xizmati qattiq sovuq 22 fevralgacha davom etishidan ogohlantirdi.

Kiritildi: 12:14 22.02.2024. O'qildi: 2394 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!