Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Xitoy va Tojikiston Afg‘onistonda inklyuziv hukumat o‘rnatilishini qo‘llab-quvvatladi

Xitoy va Tojikiston Afg‘onistonda inklyuziv hukumat o‘rnatilishini qo‘llab-quvvatladi

Xitoy va Tojikiston juma kungi qo‘shma bayonotida Afg‘onistonda barcha etnik, diniy va siyosiy guruhlar vakillari ishtirokida inklyuziv hukumat tashkil etilishini qo‘llab-quvvatladi, deb xabar beradi Sinxua axborot agentligi.

Qo‘shma hujjat matnida ta’kidlanganidek, tomonlar terrorizm, urush va giyohvandlikdan xoli, barcha qo‘shnilari bilan tinchlik va hamjihatlikda yashaydigan mustaqil, neytral, birlashgan, inklyuziv va tinch Afg‘onistonning afg‘on xalqi va butun mamlakatning umumiy manfaatlariga mos kelishini yana bir bor ta’kidladilar.

Ta’kidlanishicha, qo‘shma bayonot XXR raisi Si Szinpinning Tojikistonga davlat tashrifi doirasida e’lon qilingan.

Kiritildi: 12:42 07.07.2024. O'qildi: 1013 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!