Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Xitoy va AQSh savdo urushiga nuqta qo‘yiladimi?

Xitoy va AQSh savdo urushiga nuqta qo‘yiladimi?

Xitoy va AQSh savdo urushida sulh e’lon qilishga kelishib oldi. Bu haqda RIA Novosti South China Morning Post gazetasiga asoslanib xabar qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, savdo urushiga barham berilgani 28-29 iyun kunlari Osakada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida e’lon qilinadi.

O‘tgan yilning iyul va sentyabr oylarida AQSh va Xitoy bir-birlariga qarshi yiliga yuzlab milliard dollarlik import mahsulotlarga bojlar joriy etgandi.  

Dekabr oyining boshlarida Argentinadagi “Katta yigirmatalik” uchrashuvi doirasida ikki mamlakat savdo urushida “sulh” tuzishga kelishib olgandi.

“AQSh va Xitoy nizoni hal qilish uchun muzokaralarni qayta tiklash maqsadida savdo urushida yana bir sulh tuzishga kelishib oldi”, - deya manbalardan iqtibos keltiradi nashr.

Xitoy gazetasi suhbatdoshlaridan biri Amerika prezidenti xohlagan vaqtda bu masala borasida o‘z fikrini o‘zgartirishi mumkin deb hisoblaydi.

Chorshanba, 26 iyun kuni AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin CNBC telekanaliga bergan intervyusida Vashington va Pekin o‘rtasidagi savdo kelishuvi 90%ga tayyor bo‘lganini va uni imzolash imkoniyati saqlanib qolganini xabar qilgandi.

 

Kiritildi: 17:53 27.06.2019. O'qildi: 1662 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!