Bugun 29 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Xitoy Tayvan yaqinida yirik harbiy mashg‘ulotni boshladi

 Xitoy Tayvan yaqinida yirik harbiy mashg‘ulotni boshladi

Bu haqda 29 dekabr kuni, Xitoy Xalq ozodlik armiyasining Sharqiy jangovar qo‘mondonligi vakili Shi I ma’lum qildi.

"Xitoy Just Mission 2025 nomli keng ko‘lamli harbiy mashqlarni o‘tkazyapti. Mashqlar Tayvan sohillari yaqinidagi beshta dengiz hududida va uning yaqinidagi havo makonida jangovar otishmalarni ham o‘z ichiga oladi", — dedi Shi I.

Xitoy harbiylarining bayonotida aytilishicha, bu “Tayvan mustaqilligi” manfaatlari yo‘lida harakat qilayotgan separatist kuchlar va Tayvan ishlariga aralashayotgan tashqi kuchlar uchun jiddiy ogohlantirish” bo‘lib, “Xitoyning suvereniteti va milliy birligini himoya qilish uchun qonuniy va zarur chora” hisoblanadi.

Hujjatda qayd etilishicha, mashqlar “dengiz va havoda jangovar tayyorgarlik patrullarini tayyorlash, integral nazorat o‘rnatish, asosiy portlar va hududlarni to‘sib qo‘yish hamda ko‘p o‘lchamli tiyib turish amaliy ishlarini bajarish”ga qaratilgan.

Tayvan — qisman tan olingan demokratik davlat. Rasmiy Pekin uni “isyonkor provinsiya” va Xitoy Xalq Respublikasi hududining bir qismi deb hisoblaydi. Orol hokimiyati Pekin 1980-yillardan beri ilgari surib kelayotgan “bir mamlakat — ikki tizim” modelini rad etadi. So‘nggi yillarda Xitoy orol sohillari yaqinida ko‘p bor yirik harbiy mashqlar o‘tkazgan, qator harbiy tahlilchilar buni ehtimoliy bosqinga tayyorgarlik deb baholagan.

Kiritildi: Bugun 14:21. O'qildi: 184 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!