Uch taykonavtdan biri u yerda bir yilga yaqin vaqt o‘tkazadi
"Chanchjen-2F" raketa-tashuvchisi yordamida orbitaga yuborilgan boshqariluvchi apparatning tutashuvi 25 may kuni Pekin vaqti bilan soat 02:45 da amalga oshirildi, deya xabar berdi Xitoyning Boshqariluvchi kosmik parvozlar dasturi boshqarmasi (CMSA).
Navbatdagi missiya davomida uch taykonavt kosmik nurlanishning inson fiziologiyasiga ta’sirini — bunday sharoitda suyak to‘qimasining zichligi qanday yo‘qotilishi va psixologik stress qanday kelib chiqishini o‘rganadilar. Bundan tashqari, may oyining o‘rtalarida Xitoyning "Tyangun" orbital stansiyasiga blastoidlar — embrionlarga o‘xshatiladigan sun’iy hujayra to‘plamlari jo‘natilgan edi.
Missiya doirasida "Shenchjou-23" kemasi bilan borgan taykonavtlardan biri Yer orbitasida bir yilga yaqin vaqt o‘tkazishi kutilmoqda — bu Xitoy kosmonavtlari missiyalarining odatdagi davomiyligidan qariyb ikki baravar ko‘p.
Xitoy uchun ushbu kuzatuvlar 2030 yilga rejalashtirilgan Oyga ekspedisiyaga tayyorgarlikning bir qismi, shuningdek, insonning kosmosda uzoq muddatli yashashi va ko‘payishi imkoniyatlarini o‘rganish doirasida muhim ahamiyatga ega.