Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Xitoy shaharlarida o‘nlab o‘zbek talabasi qolib ketgan

Xitoy shaharlarida o‘nlab o‘zbek talabasi qolib ketgan

Xitoyda tahsil olayotgan samarqandlik talaba va bloger Abubakir Mamatov ushbu mamlakatda tarqalgan koronavirus epidemiyasi sabab o‘zbekistonlik talabalar qiyin vaziyatga tushib qolgani haqida gapirgan.

Bloger Abubakir Mamatovning aytishicha, hozirda koronavirus sabab karantinga tushgan Xitoyning o‘nta shahridagi o‘zbekistonlik talabalar yordamga muhtoj.

- Men o‘zim kanikulga uyga kelgandim. Lekin u yerda kursdoshlarim, tanishlarim, do‘stlarim bor. Keyin o‘zim blogerman, vaziyatni kuzatib, yoritib kelayapman. Bitta Uxan shahrida taxminan 30 nafar o‘zbekistonlik talaba qolgan, boshqalari kanikulga uyiga kelishgan. O‘sha 30  talaba hozir juda qiyin ahvolda. Ular shahardan chiqib keta olmayapti. Keyin shaharda oziq-ovqat tanqisligi yuzaga kelgan. Elchixona Wechatda gruppa tashkil qildi, uchta telefon raqam berdi. Lekin bu gruppa yopiq, hamma ham kira olmaydi. Keyin elchixona telefonlariga qo‘ng‘iroq qilsak, hech kim javob bermaydi. Xitoyda o‘zbekistonlik talabalar bitta guruh tuzib, pul yig‘ishayapti va Uxandagi o‘zbek talabalariga yordam berishayapti. Lekin talabalar elchixona e’tiboriga muhtoj, degan Abubakir Mamatov.

Hozirda boshqa davlatlar, shu jumladan Qozog‘iston, Tojikiston kabi qo‘shnilarimiz ham o‘z talabalarini xavfli joylardan olib chiqib ketishgan. Ammo O‘zbekiston elchixonasidan darak yo‘q. O‘zbekistonning Xitoydagi konsulligi o‘zbek talabalari bilan vaziyat nazoratda ekanligi, ularga huquqiy maslahatlar telefon orqali berilishi uchun sharoitlar yaratilganini aytib, hissiyotlarga berilmaslikni so‘ramoqda. 

Talabalarga telefon orqali maslahatlar emas amaliy yordam kerak. O‘zbekiston elchixonasi virus tarqalgan shahardan o‘zbek talabalarini olib chiqib ketishda tezkor amaliy choralar ko‘rishlari zarur. Uxan shahrida ommaviy tartibsizliklar boshlanayotgani aytilmoqda.

Kiritildi: 10:48 25.01.2020. O'qildi: 2683 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!