Xitoy raisi Si Szinpin joriy yil 7-9 dekabr kunlari Saudiya Arabistonida uch kunlik rasmiy tashrif bilan bo‘ladi, deb xabar qiladi “Sinxua” agentligi.
Ma’lum bo‘lishicha, Ar-Riyodga safari doirasida Si Szinpin Xitoy-Arab sammitida ishtirok etadi.
Saudiya Arabistoni TIV ma’lumotiga ko‘ra, Xitoy rahbarining tashrifi Qirol Salmon bin Abdulaziz taklifiga binoan tashkil etilgan.