Xitoy poligonida Tayvan hukumat binolarining maketlari aniqlandi. Ob’ekt Xitoyning eng yirik Chjujixe poligonida joylashgan.
Sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga ko‘ra, 2020 yildan beri maket deyarli uch baravar kattalashdi. «Asosiy milliy muammolar jamg‘armasi» tahlil markazi qayd etishicha, yaqinda poligonda Tayvan parlamenti binosining modeli qurib bitkazilgan.
Taxminlarga ko‘ra, harbiylar bu yerda prezident saroyi uchun janglarni taqlid qilib, mashqlar o‘tkazishyapti. Yapon ekspertlarining fikricha, bunday inshootlardan «dushmanni boshsiz qoldirish» amaliyoti uchun mashg‘ulotlarda foydalaniladi. Maqsad — urush yuz bergan taqdirda Tayvan rahbariyatini tezda qo‘lga olish.
Chjujixe Tayvan amaliyoti uchun yagona poligon emas. 2024 yilda Xitoyning Alashan tumani cho‘lida Tayvan transport tugunlari maketi qurilgan poligon borligi ma’lum bo‘lgandi.