Bugun 19 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xitoy marsoxodi Mars bo‘ylab bir kilometrdan oshiq yurib qo‘ydi

A A A
Xitoy marsoxodi Mars bo‘ylab bir kilometrdan oshiq yurib qo‘ydi

Xitoyning "Chjujun" apparati Mars sathi bo‘ylab bir kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tdi, deb xabar qildi XXR Markaziy televideniyesi.
Kanal ma’lumotlariga ko‘ra, marsoxod Qizil sayyora landshaftining o‘ziga xosliklari, uning tuprog‘i va ob-havosi haqida ma’lumot to‘plagan.

Xitoyning Marsni tadqiq qilish uchun mo‘ljallangan "Tyanven-1" apparati o‘tgan yilning 23 iyulida Xaynan orolida joylashgan kosmodromdan uchirilgan edi. "Chjujun" marsoxodi 15 may kuni Marsning janubiy qismidagi Utopiya nomli yalangligida qo‘ndi.
Missiyaning bosh maqsadi – sayyorada hayot alomatlarini topish, shuningdek, kelajakda yerliklar Marsda yashay olishlari mumkin-mumkinmasligiga aniqlik kiritish.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Marsda NASAning Curiosity (2012-yilning avgustida qo‘ngan) va Perseverance (2021-yilning fevrali) marsoxodlari mavjud. Apparatlar chuqur geologik va geokimyoviy tadqiqotlarni o‘tkaziB atmosferani o‘rganishmoqda, suv va organikani izlash bilan shug‘ullanib, sayyora sathini suratga tushirish bilan shug‘ullanmoqda.

Kiritildi: 11:04 24.08.2021. O'qildi: 1901 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!