Xitoyning “Tyanven-1” ilmiy tekshirish zondi 400 million kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tdi. U bir oydan keyin Mars orbitasiga yetib boradi.
Bu haqda “Sinxua” axborot agentligiga tayanib "hudud24.uz" xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, ushbu apparat o‘tgan yilning o‘rtalariga fazoga ko‘tarilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozircha ushbu qurilmaning bort tizimi yaxshi ishlab turibdi. Yana yetmish million kilometrdan so‘ng u manzilga yetib boradi.
"Zond hozirda shiddat bilan Quyoshdan uzoqlashib bormoqda, deydi “Tyanven-1” loyihasi rahbari o‘rinbosari Li Jenkay. — Hozir yerga nisbatan uning tezligi soniyasiga 22 kilometrni tashkil qilmoqda".
Tadqiqot dasturiga ko‘ra, “Tyanven-1” modul ajralib chiqib, Mars sirtiga qo‘nganidan keyin yana 3 oy davomida faoliyat ko‘rsatadi. Bu vaqt mobaynida sayyoraning geologik tavsifi, undagi muz qatlami va boshqa zarur ilmiy izlanishlar amalga oshiriladi.