Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Xitoy ikkita shaharda raqamli valyuta joriy etmoqchi

Xitoy ikkita shaharda raqamli valyuta joriy etmoqchi

Xitoy yil oxirigacha yuanga bog‘langan milliy kriptovalyutani sinovdan o‘tkazishni boshlaydi.  Agar yuqoridagi ma’lumotlar tasdiqlansa, Xitoy tajribaning bir qismi bo‘lishiga qaramay, davlat kriptovalyutasini joriy etgan birinchi mamlakat bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sinov loyihalar ikki shaharda: Shenchjen va Suchjouda bo‘lib o‘tadi.

Haqiqiy foydani aniqlash bo‘yicha yondashuv qiziqarlidir. «Raqamli yuan», rasmiy ravishda esa - DCE hamkor banklar bilan birgalikda tarqatiladi. Sinov loyihalarda ular foydalanish uchun eng yaxshi keyslarni taklif qilib, raqobatga kirisha oladi.

MIT Tech Review'ning ta’kidlashicha, AliPay hamda WeChat Pay’da QR-kodlar bo‘yicha mobil to‘lovlar ommabop bo‘lgan Xitoyda «raqamli yuan» shundoq ham yo‘q bo‘lib ketayotgan qog‘oz pullar o‘rnini bosa olmaydi. Ammo, blokcheynda to‘liq va shaffof reestr fuqarolar va kompaniyalarning tranzaksiyalari to‘g‘risida juda to‘liq ma’lumot beradi.

 

 

Kiritildi: 10:50 15.12.2019. O'qildi: 2303 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!