Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Xitoy gumanoid robotlarni janglarda qo‘llashga tayyorlamoqda

Xitoy gumanoid robotlarni janglarda qo‘llashga tayyorlamoqda

Xitoy mudofaa tuzilmalari gumanoid robotlarni harbiy maqsadlarda qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlarni jadallashtirmoqda. Reuters agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Pekin kelajakda bunday robotlarni jang maydonida qo‘llash imkoniyatini ham o‘rganmoqda.

Agentlik 100 dan ortiq xarid hujjatlari, ilmiy ishlar, patentlar, rasmiy ma’lumotlar va mudofaa kompaniyalari materiallarini tahlil qilgan. Ular Xitoy harbiy muassasalari gumanoid robotlarni jang maydoni talablariga moslashtirish, ularni o‘qitish uchun zarur texnologiya va uskunalarni xarid qilish hamda robotlarni harbiy xizmatchilar bilan birgalikda ishlatish imkoniyatlarini o‘rganayotganini ko‘rsatgan.

Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi Mudofaa ilmiy-texnika universiteti tadqiqotchilari 2025 yil avgust oyida shahar sharoitidagi jang ssenariysini tasvirlagan. Unda olti nafar robot ikki hujum guruhi tarkibida harbiylar bilan birga binoga kirib, uni tozalash operasiyasida ishtirok etadi.

Tadqiqot mualliflarining fikricha, bunday operasiyalar uchun zarur texnologiya va uskunalar yaqin 5–10 yil ichida paydo bo‘lishi mumkin. Biroq hozircha Xitoy Xalq-ozodlik armiyasida qurollangan gumanoid robotlar amalda janglarda qo‘llanayotganini tasdiqlovchi dalillar mavjud emas.

BofA Global Research bahosiga ko‘ra, 2025 yilda Xitoy ishlab chiqaruvchilari dunyodagi gumanoid robotlar yetkazib berishining taxminan 95 foizini ta’minlagan.

Mutaxassislar fikricha, Xitoyda gumanoid robotlarning fuqarolik sohasida jadal rivojlanayotgani mamlakat harbiy tuzilmalariga tayyor ishlab chiqarish quvvatlari va texnologiyalaridan foydalanish imkonini beradi. Ushbu texnologiyalarning ayrimlari kelajakda harbiy vazifalarga moslashtirilishi mumkin.

Kiritildi: 23:20 08.09.2026. O'qildi: 895 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!