Bugun 10 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xitoy fuqarosi AQShdagi hibsxonada o‘z joniga qasd qildi

Xitoy fuqarosi AQShdagi hibsxonada o‘z joniga qasd qildi

Xitoy fuqarosi Chaofeng Ge AQShning Pensilvaniya shtatidagi Moshannon Valley Processing Center vaqtinchalik qamoq muassasasida o‘lik holda topildi, deb xabar berdi ABC News.

Ma’lumotlarga ko‘ra, uni AQShning Immigrasiya va bojxona xizmati (ICE) qo‘lga olib, besh kun avval ushbu muassasaga joylashtirgan. 32 yoshli yigit yuvinish xonasida bo‘yniga osilgan holda topilgan. Tergov jarayonida qo‘lyozma yozuv aniqlangan va jinoyat alomatlari topilmagan. Hodisa o‘z joniga qasd sifatida baholanmoqda.

Chaofeng Ge yanvar oyida kredit karta orqali firibgarlik qilganlikda gumonlanib qo‘lga olingan va aybini tan olgan. U 6 oydan 12 oygacha ozodlikdan mahrum etilgan, ammo hukm e’lon qilingach, ICE muassasasiga o‘tkazilgan.

ICE matbuot xizmati barcha qo‘lga olinganlarga tibbiy-psixologik tekshiruv o‘tkazilishini, shuningdek, AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi bunday o‘lim holatlarini sinchiklab tekshirayotganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 21:05 08.08.2025. O'qildi: 976 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!