Bugun 8 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Xitoy Eronga yordam bermoqchimi?

Xitoy Eronga yordam bermoqchimi?

AQSh razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, katta ehtimol bilan, Xitoy Eronga moliyaviy yordam ko‘rsatishni, shuningdek, raketalar uchun ehtiyot qismlar va butlovchi qismlarni yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda CNN vaziyatdan xabardor bo‘lgan manbasiga asoslanib xabar tarqatdi.

«Xitoy qo‘llab-quvvatlash masalasida ehtiyotkorroq. Ular urush tugashini istashadi, chunki bu ularning energiya ta’minotiga tahdid soladi», – degan telekanal suhbatdoshlaridan biri.

The Washington Post manbalariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi yaqin aloqalarga qaramay, Xitoy hozircha Eronga yordam bermayapti.

Reuters 5 mart kuni Xitoy Eron bilan neft tankerlari hamda Qatarning suyultirilgan gazi yuklangan kemalar Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali xavfsiz o‘tishini ta’minlash bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani to‘g‘risida xabar bergandi. Agentlik manbalarining so‘zlariga ko‘ra, o‘z neft importining 45 foizga yaqin qismini ushbu bo‘g‘oz orqali amalga oshiradigan Pekin Tehrondan tankerlar uchun xavfsiz yo‘lni talab qilmoqda.

Avvalroq The Washington Post gazetasi Rossiya Eronga Amerikaning Yaqin Sharq mamlakatlaridagi harbiy ob’ektlari to‘g‘risida ma’lumot taqdim etgani haqida xabar tarqatgandi. Nashr manbalariga ko‘ra, Rossiya tomonidan yetkazilgan ma’lumotlar Amerika kemalari va samolyotlari to‘g‘risidagi ma’umotlarni ham o‘z ichiga oladi. Hozirgi bosqichda Rossiya yordami ko‘lami oxirigacha aniq emas.

Kiritildi: Bugun 11:36. O'qildi: 854 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!