Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda 150 metrdan baland osmono‘par binolar soni 3638 taga yetgan.
AQSh — ilk bor baland binolar qurilishi boshlangan davlatlardan biri bo‘lsa-da, 2026 yilga kelib osmono‘par binolar soni bo‘yicha Xitoydan deyarli to‘rt baravar ortda qolmoqda. Mamlakatda 150 metrdan baland 930 ta osmono‘par bino qurilgan.
Birlashgan Arab Amirliklari yetakchi uchlikka kirgan. U yerda jami 345 ta osmono‘par bino mavjud. Baland binolar soni bo‘yicha mamlakat Xitoy va AQShdan ortda qolsa-da, aynan BAAda dunyodagi eng baland osmono‘par bino Burj Xalifa (balandligi 828 m) joylashgan.