Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Xitoy boshqa davlatlarga murojaat qildi: "Ishimizga aralashmang. Bas qiling"

Xitoy boshqa davlatlarga murojaat qildi: "Ishimizga aralashmang. Bas qiling"

Xitoy boshqa davlatlarni Gonkong ishlariga aralashishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirmoqda. Bu haqda juma kuni o‘tgan brifingda XXR TIV rasmiy vakili Chjao Liszyan ma’lum qildi.

"Tegishli davlatlar Gonkong ishlariga va XXR ichki ishlariga dag‘allik bilan aralashmoqdalar, Xitoy buni qoralaydi va qat’iy protest bildiradi, biz tegishli mamlakatlarga taqdimnoma kiritdik... Biz barcha tegishli mamlakatlarni Xitoy suverenitetini hurmat qilishga va Gonkong ishlariga aralashishga bo‘lgan har qanday urinishlarni to‘xtatishga chaqiramiz", - deb qayd etdi diplomat Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada va AQSh TIVining umumiy bayonotiga izoh berar ekan.

Ilgariroq Xitoy parlamenti Gonkong xavfsizligi bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha rezolyusiyani qabul qilgan edi. Hujjat avtonomiya uchun maxsus ishlab chiqilgan va buzg‘unchilik hamda separatistik faoliyatga, shuningdek, markaziy hukumatni ag‘darishga qaratilgan fitnalarning har qanday turini, terrorizm va chet eldan aralashuvni taqiqlashni nazarda tutadi.

Bu Gonkong hukumatga qarshi kuchlari hamda qator g‘arb mamlakatlarining noroziligini keltirib chiqardi.

Sal oldin Sputnik radiosi Xitoy AQShning Gonkong yuzasidan qilgan tahdidlariga qat’iy javob qaytargani haqida xabar bergan edi. Birlashgan Qirollik, Avstraliya, Kanada va AQShning qo‘shma bayonotida XXR hukumatining Gongkong uchun milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunning ishlab chiqarilishi haqidagi qarori Britaniya va Xitoy o‘rtasida imzolangan mintaqa avtonomiyasi haqidagi deklarasiya nizomlariga tamomila zidligi ma’lum qilingan edi.

Kiritildi: 15:43 29.05.2020. O'qildi: 4116 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!