Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Xitoy AQShga qarshi savdo urushini boshladi

A A A
Xitoy AQShga qarshi savdo urushini boshladi

Xitoy Xalq Respublikasi tijorat vaziri Chjun Shanning ma’lum qilishicha, AQSh hukumati ikki tomonlama savdo masalalari bo‘yicha «qiziqqon» qarorlar qabul qildi. Shuningdek, uning va’da berishicha, Xitoyning yangi savdo choralari AQSh ishchilari va fermerlariga iqtisodiy ziyon yetkazadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Chjun Shan Qo‘shma Shtatlar bilan savdo muzokaralariga ijobiy baho bergan, biroq, shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, Amerika hukumati ulardan so‘ng «oldindan taxmin qilish mushkul bo‘lgan» tarzda harakat qilmoqda. Shuning uchun, vazirning fikricha, Pekin aniq samara beradigan savdo choralarini ko‘rishi kerak.

Uning ta’kidlashicha, AQShning proteksionistik iqtisodiy siyosati Amerika ishchilari va fermerlariga zarar yetkazadi, sababi Xitoy javob qadamlarini qo‘yadi.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 10:22 21.06.2018. O'qildi: 1839 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik