Xitoy Qo‘shma Shtatlar tomonidan Eron yuk kemasining "majburiy ushlanishi" yuzasidan xavotir bildirdi.
Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Go Szyakun dushanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
Go Szyakunning aytishicha, Xitoy tegishli tomonlarni mas’uliyatli harakat qilishga va sulh bitimiga rioya qilishga chaqiradi.
"Hormuz bo‘g‘ozidagi vaziyat nozik va murakkab", dedi Tashqi ishlar vazirligi vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aloqador tomonlar vaziyatning yanada keskinlashishiga yo‘l qo‘ymasliklari va "bo‘g‘oz orqali normal tranzitni qayta tiklash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishlari" kerak.
Avvalroq Qo‘shma Shtatlar Eron portlarining blokadasini buzishga uringan Eron yuk kemasiga o‘t ochganini va uni qo‘lga olganini e’lon qilgan edi. Eron harbiylari kema Xitoydan kelayotganini aytishdi va "AQSh harbiylari tomonidan qurolli qaroqchilik" deb atagan narsaga qarshi javob choralarini ko‘rishga va’da berishdi.
Pekin shuningdek, barcha tomonlarni "sulh va muzokaralar sur’atini saqlab qolishga" chaqirdi.
"Endi tinchlik uchun oyna ochilganligi sababli, urushni iloji boricha tezroq tugatish uchun qulay sharoitlar yaratish kerak", deb qo‘shimcha qildi Go Szyakun.