Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Xiaomi dunyodagi eng tezkor smartfonni ishlab chiqarmoqchi

Xiaomi dunyodagi eng tezkor smartfonni ishlab chiqarmoqchi

Internetda Xiaomi Mi 10 Pro mobil qurilmasining test natijalari tarqaldi. Ularga ko‘ra, qurilma dunyodagi eng tezkor ishlovchi smartfon hisoblanadi.

Xitoydagi eng ommaviy blogning qayd etishicha, Xiaomi yangi smartfonni yaqin orada sotuvga chiqaradi. Muallif smartfon imkoniyatlarini baholashda AnTuTu testlariga asoslangan, ularga ko‘ra Mi 10 Pro qariyb 600 ming ball to‘plagan. Xiaomi Mi 10’ning odatiy versiyasi ushbu testda 560 ming atrofidagi ball yig‘a olgan.

Mish-mishlarga ko‘ra, Mi 10 Pro’da 120 gers chastotaga ega yangilangan ekran, Qualcomm Snapdragon 865 prosessori, LPDDR5 standartidagi sakkiz gigabayt tezkor xotira, 66 Vatt quvvatga ega tezda zaryadlanuvchi akkumulyator bo‘ladi.

AnTuTu’ning yanvar natijalari bo‘yicha bozordagi eng ko‘p ishlab chiqarilayotgan smartfon Vivo iQOO Neo 855 bo‘lib turibdi, qurilma deyarli 504 ming ball to‘plagan.

Manbalar Xiaomi Mi 10 savdo tarmog‘ining relizi fevral o‘rtasida amalga oshishini bildirgan. 6 fevralda Xiaomi vakillari devayslarning an’anaviy taqdimoti koronavirus epidemiyasi sabab o‘tkazilmasligini ma’lum qilgan. Xitoy kompaniyasi odatiy tadbir o‘rniga onlayn-taqdimot qilishni rejalashtirmoqda. Honor brendi ham jurnalist va blogerlarni yangi smartfon taqdimotiga taklif qilish fikridan qaytgan.

 

Kiritildi: 16:02 09.02.2020. O'qildi: 3187 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!