Nedir zardob yutgan yurakda alam,
Koshki, bu kunlarni xotir o‘chirsa.
Deyavermaydimi ne desa olam,
Alloh bandasini kechirsa...
Har kim ko‘nikuvchan!
Ha, tezda ko‘nar,
G‘amni tub-tubidan asta ko‘chirsa.
Zulmatlar top-toza borliqqa do‘nar
Alloh bandasini kechirsa.
O‘limning ustidan kulmang bazinhor,
Bilasiz, sizga ham “sharbat” ichirsa.
Jirkanch fe’llar uni ettirolmas xor
Alloh bandasini kechirsa...
Ishimiz ne oxir, O‘zi biladi,
Ne holdamiz ruhning qushin uchirsa.
Osmon ham poyiga yerlik qiladi
Alloh bandasini kechirsa...
Odamlar yuzlarga solaveradi,
O‘zicha alamin olaveradi.
Bandasi chuvillab qolaveradi
Alloh bandasini kechirsa.
Alloh bandasini kechirsin!!!