Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Xayriya pullarini o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan kiberfiribgarlar guruhi qo‘lga olindi

Xayriya pullarini o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan kiberfiribgarlar guruhi qo‘lga olindi

Bank kartalaridan pullarni o‘g‘irlash bilan shug‘ullanib kelgan 17-19 yosh oralig‘ida bo‘lgan kiberfiribgarlar qo‘lga olindi, deb xabar beradi «O‘zbekiston 24» telekanali.

«Ular bankomatlar va kompyuter klublariga borib, u yerdan 1—1,5 million so‘m pul olishgan. Uning akasi bor edi va u pullarni o‘sha akasiga berardi», — dedi guvohlardan biri.

Ma’lum bo‘lishicha, qo‘qonlik yosh yigit Rossiyadan olib kelingan turli xil sim-kartalar va Webmoney elektron hamyon ilovasi orqali millionlab so‘m pullarni o‘g‘irlash bilan shug‘ullanib kelgan. Bunda unga qo‘shnilari yordam bergan. Ko‘pincha bolalarni davolash uchun pul yig‘gan odamlarning, o‘z tijoratini yuritish orqali Telegram’da kanal ochgan tadbirkorlarning plastik kartalaridan pul o‘marilgan.

Yaqinda kiberjinoyatchilar Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan ushlandi.

«Men bir paytlari Paynet tizimi bilan ishlaganman. Bir kuni qo‘shnim kelib, Telegram’da odamlar xayriya uchun pul yig‘adigan ko‘plab kanallar borligini aytdi. U firibgarlar shu tarzda pul yig‘ishini ta’kidladi. Men unga ishondim», — dedi qo‘lga olingan shaxs.

Xususan, kiberjinoyatchilar Chilonzor tumanida yashovchi fuqaroning 24 million so‘m pulini o‘g‘irlagan.

«Menga 65 ming so‘m o‘tkazib berishdi va ko‘proq pul o‘tkazishni rejalashtirishgani uchun go‘shakni qo‘ymasligimni so‘rashdi. Keyin men xabarnoma oldim va ular mendan maxsus kodni so‘rashdi. Men ularga barcha raqamlarni berdim. Ikki daqiqadan so‘ng barcha pullar bank kartamdan yo‘qoldi», — dedi jabrlanuvchilardan biri.

Qo‘lga olinganlarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 12:50 19.09.2019. O'qildi: 2023 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!