Bugun 29 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

«Xalqlar Do‘stligi» san’at saroyi yonida jonli ijroda gala konsert bo‘lib o‘tadi

«Xalqlar Do‘stligi» san’at saroyi yonida jonli ijroda gala konsert bo‘lib o‘tadi
«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi tashabbusi bilan joriy yilning 29 sentyabr kuni poytaxtdagi «Xalqlar Do‘stligi» san’at saroyi yonidagi bayroq ostida jonli ijroda gala konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.
 
Konsert xalq sayli tarzida o‘tkazilib, uni tomosha qilish bepul. Bu haqda «O‘zbekkonsert» matbuot xizmati xabar berdi.
 
«Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan, jonli ijro etishni yaxshi ko‘radigan, san’atsevar o‘zbek xalqiga o‘z qo‘shiqlarini taqdim etishni istagan barcha xonandalar ushbu konsert dasturida ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun muassasaga kelib uchrashishlari kerak bo‘ladi. Ayni damda unda yoshlar qo‘shiqlarini sevib tinglaydigan 10 nafar estrada xonandasi ishtirok etish istagini bildirdi», - deyiladi xabarda.
 
Ma’lumot uchun: Ushbu konsert dasturi 29 sentyabr kuni, soat 19:00 da bo‘lib o‘tadi.

Manba: uza.uz
Kiritildi: 07:00 22.09.2018. O'qildi: 4902 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!