Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Xalqaro Jinoyat Sudi prokurorining G‘azoga tashrifi nega to‘satdan bekor qilindi?

Xalqaro Jinoyat Sudi prokurorining G‘azoga tashrifi nega to‘satdan bekor qilindi?

XMK prokurorining G‘azoga tashrifi to‘satdan bekor qilingani sababi ma’lum bo‘ldi.

❗️Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro Jinoyat Sudi prokurori Isroil va XAMAS yetakchilarini hibsga olish uchun order berish so‘rovini e’lon qilgan kuniyoq G‘azo sektoriga tashrifini bekor qildi. Bu haqda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lgan sakkiz kishi Reuters agentligiga ma’lum qildi.

▶️Sud va Isroil rasmiylari missiyaning yakuniy tafsilotlarini ishlab chiqish uchun 20 may kuni Quddusda uchrashishi kerak edi, deb yozadi gazeta.

◼️Xonning Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuni hibsga olish uchun order berish haqidagi so‘rovi xalqaro sudning G‘arb tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan davlat rahbarini hibsga olishga birinchi urinishidir.

Sud prokurorlari Reyter agentligiga elektron pochta orqali jo‘natgan xatida Isroil hech qachon «Isroil tuprog‘ida» dalil to‘plash missiyasini ma’qullamaganini aytdi.

Kiritildi: 09:13 07.07.2024. O'qildi: 1026 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!