KillNet va Beregini xaker guruhlari Ukrainadagi eng yirik dron ishlab chiqaruvchisi — “Boyevie Ptaxi Ukraini” kompaniyasining serverlarini buzdi. Bu haqda RIA Novosti KillNet guruhi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
KillNet vakilining aytishicha, korxona Ukraina Qurolli Kuchlariga mo‘ljallangan “Zozulya” dronini ishlab chiqarish bilan tanilgan.
E’lon qilingan texnik xususiyatlarigi ko‘ra: ushbu dron uzoq masofadagi omborlar, komandirlik punktlari va logistika ob’ektlarini yo‘q qilish uchun qo‘llaniladi. Apparat past balandlikda avtonom parvoz qiladi, maksimal tezligi soatiga 130–180 kilometrni tashkil etadi, parvoz masofasi esa 2700 kilometrgacha.
Xakerlar ma’lumotlar bazasidan ishlab chiqaruvchi kompaniya muhandislari, sinovchilar va rahbariyati haqidagi ma’lumotlarni qo‘lga kiritgan. KillNet vakilining so‘zlariga ko‘ra, kompaniyada 300 dan ortiq xodim faoliyat yuritadi, shu jumladan ishlab chiqarish jarayonlariga talabalar ham jalb qilingan. Buzish natijasida 3D modellar, loyihaviy hujjatlar va yangi ishlanmalar yo‘q qilingan.
KillNet guruhi avgust oyida Ukraina Qurolli Kuchlari bosh shtabi ma’lumotlar bazasini ham buzgan. Ushbu bazadan 2022 yil fevraldan buyon yo‘qolgan va halok bo‘lgan 1,7 million harbiy haqida ma’lumotlar aniqlangan.
Shuningdek, hafta boshida xakerlar Ukraina raqamli transformasiya vazirligining yuqori lavozimli shaxslari orqali BPLA ishlab chiqaruvchilar marketpleysi bazasiga ham kirishga muvaffaq bo‘lgan.