Bugun 18 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Vuchich Zelenskiy taklifi bilan Ukrainaga keldi

Vuchich Zelenskiy taklifi bilan Ukrainaga keldi

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich 18 sentyabr kuni Ukrainaga bir kunlik tashrif bilan keldi. U Karpat tashabbusi sammitida ishtirok etmoqda. Bu haqda Serbiya prezidenti ma’muriyati ham rasman ma’lum qildi.

Vuchichning bildirishicha, u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning taklifiga binoan Karpat integrasiya tashabbusi yig‘ilishida qatnashmoqda.

«Bugun prezident Zelenskiyning taklifi bilan Karpat integrasiya tashabbusi yig‘ilishida ishtirok etyapman. Bu Keng Karpat mintaqasidagi mamlakatlarni iqtisodiy, transport va infratuzilmaviy jihatdan o‘zaro bog‘lashga qaratilgan muhim loyiha», — dedi Vuchich.

Serbiya prezidenti, shuningdek, mamlakat transport aloqalarini rivojlantirish, xususan Ruminiya, Vengriya, Ukraina va Polsha bilan temir yo‘l, avtomobil yo‘llari va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlariga ega ekanini ta’kidladi.

Karpat tashabbusi Karpat mintaqasi davlatlari o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish, transport va infratuzilma bog‘liqligini yaxshilash hamda mintaqaning investisiyaviy salohiyatini oshirishga qaratilgan. Unda Ukraina va Serbiyadan tashqari Avstriya, Chexiya, Vengriya, Slovakiya, Polsha va Ruminiya vakillarining ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: Bugun 14:21. O'qildi: 158 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!