Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Vladimir Norov Peter Siyyarto bilan muzokaralar o‘tkazdi

 Vladimir Norov Peter Siyyarto bilan muzokaralar o‘tkazdi

2022-yil 4-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov mamlakatimizga tashrif bilan kelgan Vengriya Tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto bilan muzokaralar o‘tkazdi.


Tashqi siyosat idoralari rahbarlari Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Vengriya Hukumatlararo komissiyasining bugungi yig‘ilishi samarali o‘tganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama kun tartibi hamda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.


Oliy darajadagi muloqotni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi. Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini joriy yilda o‘tkazish zarurligi ma’lum qilindi.

Madaniy-gumanitar hamkorlik, ayniqsa, ta’lim sohasidagi aloqalarning yuqori surati qayd etildi. Vengriya tomoni o‘zbekistonlik talabalarning mamlakat oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishi uchun qo‘shimcha stipendiyalar ajratilishini ma’lum qildi.

Vengriya tomoni O‘zbekistonning mintaqada barqarorlikni mustahkamlash va Afg‘onistonda tinchlik jarayoniga ko‘maklashish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

BMT, Yevropa Ittifoqi, YXHT va Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlikni rivojlantirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanlgi bildirildi.

Turli darajalarda bo‘lajak tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.

Kiritildi: 22:30 04.05.2022. O'qildi: 3143 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!