Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Vitaliy Klichko lavozimidan bo‘shatildi

Vitaliy Klichko lavozimidan bo‘shatildi

Ukraina Vazirlar mahkamasi 4 sentyabr kuni Vitaliy Klichkoni Kiyev shahar davlat ma’muriyati raisi lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi taqdimnomani ma’qulladi. Qaror sobiq prezident Pyotr Poroshenko vakolat muddati yakuniga yetgani munosabati bilan qabul qilindi, deya xabar berdi «gazeta.uz».

«Mahalliy davlat ma’muriyatlari to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq, mahalliy davlat ma’muriyatlari rahbarlarini Ukraina prezidenti bosh vazir taqdimnomasiga muvofiq prezident vakolati muddati bo‘yicha tayinlaydi», — deya qayd etdi Prezident ofisi rahbari o‘rinbosari Ruslan Ryaboshapka.

Vitaliy Klichko KSHDM raisi vakolatidan mahrum etilishi bo‘yicha harakatlarni konstitusiyaga zid deb hisobladi. U Konstitusion sudga Kiyev meri hamda Kiyev shahar davlat ma’muriyati raisi lavozimlarining aralash ekani bo‘yicha murojaat murojaat tayyorladi.

2014 yilda Vitaliy Klichko Kiyev shahar rahbari saylovida «UDAR» partiyasi nomidan ishtirok etib, saylovchilarning 56,7 foizlik ovozi bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.Iyun oixirida Pyotr Poroshenkoning farmoni bilan u Kiyev shahar davlat ma’muriyati rahbari lavozimiga tayinlandi.

Kiritildi: 15:27 05.09.2019. O'qildi: 2363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!