Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Viktor Orban tomonidan tuzilgan “Evropa uchun vatanparvarlar” yangi o‘ng qanot populistik bloki yetarli miqdordagi siyosiy kuchlar va Yevroparlamentning yangi chaqiriq deputatlarini jalb qild

Viktor Orban tomonidan tuzilgan “Evropa uchun vatanparvarlar” yangi o‘ng qanot populistik bloki yetarli miqdordagi siyosiy kuchlar va Yevroparlamentning yangi chaqiriq deputatlarini jalb qild

Daniya Xalq partiyasi va Belgiyaning ayirmachi “Flamand qiziqishi” partiyasi ushbu blokga qo‘shilishlarini e’lon qildi. Shunday qilib, Orban blokiga Yevropa Ittifoqining turli davlatlaridan kiritilgan siyosiy kuchlar soni yettitaga yetdi, bu fraksiya yaratish uchun zarur bo‘lgan minimal miqdordir.

Avvalroq Viktor Orban Avstriya Ozodlik partiyasi rahbari Gerbert Kikl va Chexiyaning ANO harakati rahbari Andrey Babish bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Yevropa Ittifoqining amaldagi rahbariyati va uning siyosatiga qarshi blok tashkil etilganini e’lon qilgan edi. Keyinchalik blokga Niderlandiyadan Gert Vilders boshchiligidagi “Ozodlik” partiyasi, shuningdek, Ispaniya va Portugaliyaning o‘ng qanot partiyalari qo‘shilishdi.

Kiritildi: 23:10 08.07.2024. O'qildi: 1104 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!