Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Videofakt! "Ozodlik" Jahongir Ortiqxo‘jayevga tuhmat qilyaptimi?

Videofakt! "Ozodlik" Jahongir Ortiqxo‘jayevga tuhmat qilyaptimi?

Oldinroq internet saytlarida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning mirobodlik shikoyatchilar bilan uchrashgani hamda qo‘pol gaplar aytgani haqida xabarlar tarqalgandi. Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati bunga quyidagicha munosabat bildirdi.

"Aniq fakt va dalillarga tayanmagan, ma’lumotni kontekstdan yulgan xolda to‘liq bermaydigan, yolg‘on axborot tarqatuvchi OAV aholining biror muammosini qanchalik hal qila oladi?

Ba’zi xorijiy OAVlarining asl maqsadi xaqida o‘ylanib ko‘raylik: maqsad - dunyoda O‘zbekistondagi islohotlar va ularning samaralarini ko‘rsatishmi yoki mamlakatimizning imidji, nufuzini tushurishmi?

Nahot jamoatchilik xorijning OAVlari davlatimiz siyosati, hukumatimiz va hokimliklar tomonidan olib borilayotgan ishlarni noxolis yoritayotganini hamon sezmagan? 

Aholining muammo va murojaatlarini o‘rganish, hal qilish maqsadida mamlakatimiz miqiyosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xalq qabulxonalari tashkil etilgan, Bosh vazir, viloyat, shahar va tuman hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlari tomonidan sayyor qabullar o‘tkazilmoqda. Shuningdek, zaruratga ko‘ra, shahar hokimi aholi bilan rejadan tashqari ham uchrashuvlar o‘tkazadi. 

Shunday uchrashuvlardan biri Mirobod tuman … aholisi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan. Bu uchrashuv qanday boshlangan, unda nimalar haqida so‘z yuritilgan va muloqotning qaysi qismini Ozodlik  e’lon qilgan?"

Kiritildi: 16:56 22.08.2019. O'qildi: 4081 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!