Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Video: Vladimir Putin go‘zallar qurshovida raqsga tushmoqda

Video: Vladimir Putin go‘zallar qurshovida raqsga tushmoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning AQShning sobiq prezidenti kichik Jorj Bush bilan «Sudarinya-barinya» qo‘shig‘iga raqsga tushgani aks etgan arxiv video Rossiya prezidenti matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi. Bu haqda "Daryo" nashri yozmoqda.

Ma’lum qilinishicha, mazkur video ikki davlat rahbarining 2008 yil apreldagi uchrashuvida suratga olingan. Bu AQSh kichik Jorj Bushning Rossiyaga oxirgi tashrifi bo‘lgan. O‘sha yilning noyabrida Barak Obama AQShning 44-prezidenti etib saylangan.

Videoda Putin sahnada xorovod bilan, Bush esa pastda raqqosalardan biri bilan raqsga tushayotganini ko‘rish mumkin.

Ushbu rolik Putinning Rossiya prezidenti va bosh vazir lavozimlaridagi faoliyatining 20 yilligiga bag‘ishlangan loyiha doirasida e’lon qilindi.

Kiritildi: 08:45 15.01.2020. O'qildi: 8092 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!