Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Video: Shavkat Mirziyoyev futbol o‘ynadi

A A A
Video: Shavkat Mirziyoyev futbol o‘ynadi

Kecha, 14 iyun kuni Rossiyada futbol bo‘yicha o‘tkazilayotgan jahon chempionatining ochilish marosimi hamda birinchi o‘yini bo‘lib o‘tdi.
 
Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga ko‘ra, ishtirok etdi.
 
Davlat rahbari “Vnukovo-2” xalqaro aeroportida futbol bayramiga xos ko‘tarinki muhitda kutib olindi. Prezident qarshisiga jahon chempionatining ramzi – bo‘ri “Zabivaka” chiqdi. E’tiborlisi, “Zabivaka” O‘zbekiston Prezidentini o‘zi bilan futbol o‘ynashga chorladi. Mirziyoyev esa bu vaziyatda “Zabivaka” uzatgan to‘pni uning o‘ziga qaytardi.


 
Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev “Mundial”ning rasmiy to‘piga dastxat qo‘ydi. O‘g‘li Miralisher hamda nabirasi Miromon bilan bo‘ri “Zabivaka” yonida suratga tushdi.
 
Prezident ochilish marosimida ishtirok etib, shu kunning o‘zida Toshkentga qaytib keldi.

Manba: qalampir.uz

Kiritildi: 19:56 15.06.2018. O'qildi: 3712 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik