Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Video: Qoraqalpog‘istonliklar Musa Yerniyazov bilan vidolashmoqda

A A A
Video: Qoraqalpog‘istonliklar Musa Yerniyazov bilan vidolashmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, senator, O‘zbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov 31 iyul kuni 73 yoshida vafot etgani haqida avval xabar berilgan edi. Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Shavkat Mirziyoyev 1 avgust kuni Yerniyazovning ta’ziya marosimlarida qatnashish uchun Nukusga jo‘nab ketgan.

"Daryo"ga ko‘ra, ayni vaqtda Qoraqalpog‘iston nashrlarida Musa Yerniyazovni so‘nggi yo‘lga kuzatish jarayonidan foto va videolavhalar e’lon qilindi. Unda fuqarolar Qoraqalpog‘istonga 2002 yildan beri rahbarlik qilib kelgan amaldor bilan vidolashayotganini ko‘rish mumkin.

 

Kiritildi: 15:06 01.08.2020. O'qildi: 8127 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!