Joriy yilning 31 may kuni Namangan viloyatining ikki tumanida yong‘in sodir bo‘lgan.
Jumladan, Kosonsoy tumani, Guliston mahallasi, Karvonsaroy 1-ko‘chasi, 35-uyda sodir bo‘lgan yong‘in natijasida uyning tom qismida 80 kv.m yonib zarar ko‘rgan. Yong‘in xavfsizlik xizmati tomonidan 60 kv.m qismi saqlab qolingan.
Xuddi shu kuni Yangiqo‘rg‘on tumani, Qorasuv mahallasida joylashgan 31-uyda ham yong‘in sodir bo‘lgan. Natijada uyning 90 kv.metri yonib kulga aylangan.
Har ikki xonadon bo‘yicha yong‘in kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.
Manba: qalampir.uz