Vyetnam Prezidenti, davlatning uchta rahbarlaridan biri Tran Day Kuang 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda Reuters Vyetnam davlat televideniyesiga tayanib xabar berdi.
Prezident 21 sentyabr kuni tongi vaqtda Xanoydagi harbiy kasalxonasida vafot etgan. Mahalliy va chet ellik shifokorlarning urinishlariga qaramay Kuang uzoq vaqt davom etgan og‘ir kasallik natijasida vafot etgan, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Vyetnam Prezidenti mamlakatni boshqaradigan yagona shaxs sanalmaydi. Mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, davlat Prezident, Bosh vazir va Kommunistlar partiyasi rahbari tomonidan boshqariladi. Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, mamlakatda prezidentlik lavozimi ko‘proq faxriy maqomdagi rahbarlikni anglatadi.
Manba: xs.uz