AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens 2026 yil 23–24 yanvar kunlari BAAda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar bo‘lishi haqida jurnalistlarning savoliga javob berdi.
Uning aytishicha, Donald Tramp ma’muriyati Rossiya–Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal etishda muhim qadamlarga erishdi. Vensning fikriga ko‘ra, tomonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat qilishni boshlagani — progress ramzi.