Bu haqda Vengriya hukumati Facebook ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi, deb yozadi Gazeta.ru.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kecha kechga yaqin Budapesht markazida diplomatik niqob ostida ishlagan ukrainalik qo‘lga olingan.
"Migrasiya bo‘yicha Milliy boshqarma josuslik faoliyati bilan bog‘liq holda unga kirish va bo‘lishni taqiqladi. O‘rta yoshli erkakning faoliyati mamlakatimiz suverenitetiga jiddiy tahdid solayotganini inobatga olib, vaziyatga oydinlik kiritilgach, kechasi Vengriyadan deportatsiya qilindi", — deyiladi hukumat xabarida.