Bugun 15 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Vengriya parlamenti mamlakatning Xalqaro jinoiy suddan chiqish jarayonini boshlab beruvchi qonun loyihasini ma’qulladi — Reuters

Vengriya parlamenti mamlakatning Xalqaro jinoiy suddan chiqish jarayonini boshlab beruvchi qonun loyihasini ma’qulladi — Reuters

Hujjat uchun Vengriya parlamentining 134 nafar deputati ovoz bergan, 37 nafari esa unga qarshi chiqqan. Vengriyaning Xalqaro jinoiy suddan chiqishi to‘g‘risidagi qaror bir yil ichida kuchga kiradi.

"Vengriya xalqaro tashkilotlar, xususan, jinoiy sudlardan siyosiy bosim vositasi sifatida foydalanilishini qat’iyan rad etadi", deyiladi qabul qilingan hujjatda.

Vengriya Xalqaro jinoiy suddan chiqish qarorini Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu mamlakatga tashrif buyurganidan so‘ng qabul qilgan edi. Netanyahuga nisbatan xalqaro hibsga olish orderi mavjud bo‘lsa-da, Budapesht uni hibsga olishni rad etdi.

Kiritildi: 13:59 20.05.2025. O'qildi: 507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!