Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Venesuelani 3 yil ichida 3 mln kishi tark etdi

Venesuelani 3 yil ichida 3 mln kishi tark etdi

Venesueladagi iqtisodiy va siyosiy inqiroz sababli mamlakatni tark etayotgan venesuelaliklar soni 2015 yildan beri 3 mln nafarga yetdi.

BMTning qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi vakili Uilyam Spindlerning ma’lum qilishicha, zo‘ravonlik, giperinflyasiya hamda oziq-ovqat va dori-darmon yetishmasligidan qochayotgan venesuelaliklar emigrasiyasi oxirgi 6 oy ichida keskin oshdi.

Spindlerning ta’kidlashicha, 2,6 mln venesuelalik qo‘shni davlatlarga qochgan. Bu davlatlar hukumatlari Janubiy Amerika tarixidagi eng katta ko‘lamli migrasiya jarayonini uddalashga urinishmoqda. 

“Venesuelaliklarning asosiy oqimini Kolumbiya va Peru qabul qilmoqda”, deb ma’lum qildi Spindler. Uning aytishicha, Kolumbiya 1 mln venesuelalikni qabul qilgan va bu davlatga har kun yana 3 mingga yaqin venesuelalik kelishda davom etmoqda.
 
O‘z navbatida Kolumbiya hukumati 2021 yilgacha venesuelalik qochqinlar soni 4 mlngacha yetishi, bu esa mamlakat g‘aznasiga 9 mlrd dollarga aylanishi mumkinligini ta’kidlamoqda. 

Manba: kun.uz

Kiritildi: 08:30 09.11.2018. O'qildi: 1230 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!