Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Venesuela Isroilga neft yetkazib berishni boshladi

Venesuela Isroilga neft yetkazib berishni boshladi

Venesuela AQSh kuchlari tomonidan prezident Nikolas Maduro qo‘lga olinganidan keyin yillar davomida Isroilga birinchi neft partiyasini jo‘natdi.

Bu haqda Bloomberg nashri xabar bermoqda.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, yuklar yahudiy davlatidagi eng yirik xom neftni qayta ishlash zavodi bo‘lgan Bazan Group uchun tashilmoqda. Maqolada ta’kidlanishicha, Venesuela neftining katta qismi so‘nggi bir oy ichida Hindiston, Ispaniya va Qo‘shma Shtatlardagi xaridorlarga sotilgan.

3 yanvar kuni Vashington Karakasda harbiy operasiya e’lon qildi, natijada Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi AQSh kuchlari tomonidan qo‘lga olindi. 5 yanvar kuni ular Nyu-Yorkning janubiy okrugidagi federal sudda paydo bo‘lishdi. Ular giyohvand moddalar savdosida ayblanmoqda. Maduro va uning rafiqasi o‘z ayblarini tan olmadilar.

Maduro davrida ijrochi vise-prezident bo‘lib ishlagan Delsi Rodriges Venesuelada davlat rahbari vazifasini bajaruvchi hisoblanadi. Amerika ma’muriyati Qo‘shma Shtatlar Venesuela ustidan vaqtinchalik nazoratni o‘z zimmasiga olishini da’vo qildi.

Kiritildi: Bugun 08:00. O'qildi: 517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!