Venesuela muvaqqat hukumati Qo‘shma Shtatlarning barcha talablarini bajarmoqda va AQSh prezidenti Donald Tramp hamkorlikni davom ettirishni kutmoqda.
Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt bu haqda muntazam matbuot anjumanida ma’lum qildi.
"Davlat kotibi Marko Rubio va ma’muriyat Bolivar Respublikasining Prezident komissari Delsi Rodriges va Venesuela muvaqqat hukumatining boshqa a’zolari bilan doimiy aloqada bo‘lib, ular favqulodda hamkorlikni namoyish etdilar. Bugungi kunga qadar ular Qo‘shma Shtatlar va prezidentning barcha talab va iltimoslarini bajardilar", dedi u.
Levittning so‘zlariga ko‘ra, Amerika rahbari vaziyatdan mamnun va hamkorlikni davom ettirishga umid qilmoqda.