Vena shahrida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash siyosatiga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, namoyish ishtirokchilari Avstriyada ijtimoiy nafaqalar qisqarayotgani, shuningdek Rossiyaga qarshi sanksiyalar ortidan energiya narxlari oshib borayotganidan norozi bo‘lgan.
Namoyishchilar mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishini talab qildi. Namoyish davomida “Betaraflik va tinchlikka — ha, NATOga — yo‘q” degan shiorlar ham yangradi.
Norozilik tadbiri tashkilotchisi Martin Rutter Ukrainadagi mojaro haqida fikr bildirib, avstriyalik soliq to‘lovchilar hisobidan tashqi mojarolar moliyalashtirilishini hech kim istamayotganini ta’kidladi.