Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

«Vatanparvar o‘g‘ri» qishki Olimpiadada qo‘lga tushdi

«Vatanparvar o‘g‘ri» qishki Olimpiadada qo‘lga tushdi

Italiyadagi qishki Olimpiadada 16 yildan beri qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi qo‘lga olindi.

Qidiruvdagi shaxs Milanga o‘z vatandoshlari — slovakiyalik xokkeychilarga muxlislik qilish uchun kelgan edi. 44 yoshli erkak 2010 yildan buyon polisiyadan yashirinib yurgan. U bir qator do‘konlarda o‘g‘irlik sodir etgani uchun 11 oy-u 7 kunlik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Karabinerlar «vatanparvar o‘g‘ri»ni Milan atrofidagi mehmonxonalardan birida hibsga olishdi.

Slovakiya terma jamoasi esa Olimpiya o‘yinlarini muvaffaqiyatli boshlab, Finlyandiya ustidan 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Kiritildi: 22:10 14.02.2026. O'qildi: 1699 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!