Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

«Vasiyat» filmi Dilnoza Kubayevaning hayotidan olinganmi?

A A A
«Vasiyat» filmi Dilnoza Kubayevaning hayotidan olinganmi?

Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli kino saroyida Said Muxtorovning «Vasiyat» nomli yangi dramatik filmi ilk namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Turon 24» xabar berdi.

«Film hayot, muhabbat, oila haqida. Ko‘pchilikning so‘ziga ko‘ra, film voqealari Dilnoza Kubayeva hayotidan olingan emish. Aslida unday emas. Film suratga olinishidan oldin bu haqda so‘z ketmagan. Lekin shuni aytishim kerakki, filmdagi voqealar qandaydir jihati bilan hayotimga o‘xshashlik bergandek. Balki shu jihati bilan ham filmdagi sahnalarni yurakdan, butun vujudim bilan ijro etishga harakat qilgandirman», — dedi bosh rol ijrochisi Dilnoza Kubayeva.

Filmdagi asosiy voqealar bosh qahramonning turmush o‘rtog‘i og‘ir xastalik tufayli vafot etishidan keyin boshlanadi.

«Vasiyat»ning keng jamoatchilik uchun namoyishi 23 noyabrdan boshlanadi.

Kiritildi: 18:12 23.11.2018. O'qildi: 2626 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!