Vashingtonda ko‘p yillar davomida birinchi marta Suriyaning yangi bayrog‘i ko‘tarildi
Marosimda Suriya tashqi ishlar vaziri Asad Hasan al-Shiboniy ishtirok etgan va 2014 yilda yopilgan elchixona ustiga Suriya bayrog‘ini ko‘targan.
Vazir mazkur voqeani “tarixiy lahza” deb atagan va bayroqning ko‘tarilishi “Suriyaning qonuniyligi va xalqaro maydondagi diplomatik ishtirokining tasdig‘i” ekanini ta’kidlagan.