Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Vashington Turkiyaga F-16 sotish bo‘yicha yon bermoqda

Vashington Turkiyaga F-16 sotish bo‘yicha yon bermoqda

AQShning 2023 yilgi mudofaa byudjetini o‘z ichiga olgan Milliy Mudofaa Ruxsatnomasi Qonunining yakuniy versiyasida Vakillar Palatasi tomonidan Turkiyaga F-16 sotishni cheklovchi moddalar olib tashlandi.

AQSh Kongressining har ikki palata senatorlari va vakillaridan iborat qo‘mitasi 857 milliard dollarlik mudofaa byudjetini o‘z ichiga olgan qonun loyihasini tayyorladi.

Vakillar Palatasida qabul qilingan qonunda “Qurol eksportini nazorat qilish doirasida Turkiyaga hech qanday yangi F-16 qiruvchi uchoqlari va uning modernizasiya to‘plamlari sotilmasligi” haqidagi modda olib tashlangan. Senat va Vakillar Palatasining tegishli qo‘mitalari bunday o‘zgarishlarga quyidagi shartlar asosida rozilik bildirgan: “Qiruvchi uchoqlarning sotilishi AQShning milliy xavfsizlik manfaatlariga zid bo‘lmasligi va bu uchoqlar Gresiya havo hududini buzmasligini ta’minlash bo‘yicha aniq choralar ko‘rilishi lozim”.

Kongressning bunday qarorga kelishiga Turkiya diplomatlari va Tashqi ishlar vazirligining Vashingtondagi sa’y-harakatlari ta’sir ko‘rsatgani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya AQShdan 40 ta yangi F-16 qiruvchi samolyoti va harbiy bazasidagi 80 ta samolyot uchun modernizasiya to‘plamlarini talab qilayotgan edi.

Kiritildi: 12:01 08.12.2022. O'qildi: 1880 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!