AQSh Davlat kotibi Marko Rubio amerikalik qonunchilarga Vashington harbiy aralashuvdan ko‘ra Grenlandiyani sotib olishni birinchi o‘ringa qo‘yishini aytdi.
Bu haqda The Wall Street Journal nashri manbalarga tayanib xabar berdi.
Gazetaning yozishicha, Rubio bu haqda dushanba kuni AQSh Kongressi a’zolari bilan yopiq eshiklar ortidagi uchrashuvda ma’lum qilgan.