Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan tadqiqotda ertalablari barvaqt turadigan ayollarning kech turadigan ayollarga nisbatan ko‘krak saratoniga chalinish xavfi kamroq ekani ma’lum bo‘ldi, deya xabar bermoqda VVS.
Tadqiqotni Bristol universiteti olimlari o‘tkazdi, ular 400 ming ayolning genetik ma’lumotlarini o‘rgandi. Natijada organizmi barvaqt uyg‘onishga o‘rgangan ayollarda ko‘krak saratoniga chalinish xavfi kamroq ekani aniqlandi. Biroq olimlar buning sababini hozircha aniqlay olgani yo‘q.
“Kech uyg‘onadiganlarda kasallikka chalinish xavfining oshishiga olib keladigan sababni aniqlashimiz kerak”, – deydi Bristol universitti professori Rebekka Richmond.