Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zMUga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi

O‘zMUga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Departament organlari tomonidan o‘qishga kiritib qo‘yish va o‘qishni ko‘chirib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Yangiyer shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro F.X. boshqa bir fuqaro M.ni go‘yoki yuqori lavozimdagi tanishlari yordamida O‘zbekiston Milliy universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, taksi xizmati haydovchisi S.S. orqali 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Farg‘ona viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.A. boshqa bir fuqaro M.ning qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi universitetidagi o‘qishini Farg‘ona davlat universitetiga ko‘chirib berish evaziga 1 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 23:49 29.07.2022. O'qildi: 2522 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!