Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

O‘zjan Deniz sobiq rafiqasini o‘ldirishga uringanlikda ayblanmoqda

O‘zjan Deniz sobiq rafiqasini o‘ldirishga uringanlikda ayblanmoqda

«Turkiyaning Jorj Klunisi» O‘zjan Denizning shaxsiy hayoti bilan bog‘liq voqealar uning karyerasiga ham soya solmoqda.

Avvalroq aktyorning sobiq rafiqasi Feyza Aktanga qarshi «urush ochgani» haqida xabar berilgandi. Feyza Aktan prokuraturaga sobiq turmush o‘rtog‘i ustidan shikoyat qilgan. Istanbulning bosh prokuraturasiga taqdim qilingan arizada aytilishicha, aktyor uning homiladorligi vaqtida barcha meros huquqi va alimentdan voz kechish bandini o‘z ichiga olgan nikoh shartnomasini imzolashga majburlagan.

2018 yilning 25 yanvarida O‘zjanning sobiq sevgilisi Buse Narji bilan qayta topishib olgani ma’lum bo‘lgan. Erining xiyonatidan keyin Aktan uni tark etishni istagan. Bunga javoban uni kaltaklagan va akasining pistoletini olib uni ham o‘zini ham o‘ldirishini aytib tahdid qilgan. Feyza kaltaklangani haqida tibbiyot ma’lumotnomasini qo‘lga kiritgan va eri bilan ajrashgan. Shundan keyin O‘zjanning akasi Erjan Deniz uyiga bostirib kirgani, tibbiy ma’lumotnomani bermasa, uni o‘ldirishini aytgan. Tahdidlarga chiday olmagan ayol ma’lumotnomani berib, telefonidagi kaltaklangani aks etgan suratlarni o‘chirib tashlaganini ma’lum qilgan.

Ayolning qo‘shimcha qilishicha, ajrashganidan keyin eri unga o‘lim bilan tahdid qilib o‘g‘liga vasiylikni otasiga berish mazmunidagi shartnoma imzolashga majburlagan. Bu kabi ayblovlarga jim qarab tura olmagan aktyor bularning bari atayin yangi «Seni uzoq kutdim» serialining premyerasi arafasida uyushtirilgani va bu uning ijodiy faoliyatiga qarshi aksiya ekanini ta’kidlagan. Shuningdek, aktyor bir necha yil avval bo‘lib o‘tgan, ammo nima uchundir hozirga kelib ovoza qilinayotgan ayblovlar va tuhmatlarni tan olmasligini qo‘shimcha qilgan.

U o‘g‘lini ushbu janjaldan qutqarishni istashi, unga moddiy va ma’naviy meros qoldirishni istashi hamda hech qachon omma oldida farzandining onasi haqida salbiy fikr bildirmasligini aytgan. Shunga qaramay, aktyorning Instagram stories’sida bo‘lishgan iqtibosi uning rafiqasiga qaratilganini bilish mumkin. Unda odamlarning muammosi va boshqalar bilan janjallashishining sababi baxtsiz bolaligi va boshqalarga kerakligini his qilmagani bilan bog‘liqligi yozilgan.

Ushbu voqealardan keyin ko‘plab muxlislarning aktyordan hafsalasi pir bo‘lgan. Bu ham yetmagandek ijtimoiy tarmoqlarda u suratga tushgan yangi serialni ko‘rmaslikka da’vat etuvchi fleshmoblar boshlab yuborilgan.

Kiritildi: 17:36 29.01.2021. O'qildi: 3319 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!