Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

O‘zini payg‘ambar deb e’lon qilgan samarqandlik erkak haqida batafsil ma’lumot berildi

O‘zini payg‘ambar deb e’lon qilgan samarqandlik erkak haqida batafsil ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Koronavirus vabosining yo‘qolishi menga bog‘liq, Xitoydagi o‘lim maskaniga borib kelishim kerak”, – degan iddao bilan chiqqan fuqaro yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB xodimlari surishtiruv ishlarini olib borishdi.

Tasvirdagi fuqaro 1962 yilda Samarqand tumanida tug‘ilgan X.U. Samarqand shahridagi mahallalarning birida istiqomat qiladi. 1980-1982 yillarda Afg‘oniston davlatida fuqarolik urushida harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy xizmat davomida bosh qismidan jarohat olib, bosh miya kontuziyasi kasalligi bilan davolangan.

Hozirda X.U.ning psixologik holatini tekshirish uchun Samarqand viloyat Ruhiy kasalliklar dispanseri mutaxassisi ko‘rigidan o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.

Kiritildi: 15:10 18.07.2020. O'qildi: 14762 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!